Famous Trademark Protection In Uzbekistan: current regulatory framework, legal problems and possible solutions

Image

Bu safargi ilmiy yigilishimizda mamlakatimizdagi Tovar belgisining huquqiy muhofazasi masalalarini muhokama qildik.

Avvalambor, Tovar belgisi va xizmat ko`rsatish belgisi ( rus: товарный знак, eng: trademark) – bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan, belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan belgilardir. (O`zb.R. “Tovar belgilari, xizmat ko`rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to`g`risida”gi qonuni, 3-modda 1-qism. 2001-yil 30-avgust)

Prezentatsiya davomida ma`lum bo`ldiki, bu sohadagi nazariyot O`zbekistonda deyarli umuman rivojlanmagan desa ham bo`ladi. Aynan tovar belgisiga oid nazariy tahlillar bitilgan adabiyot yoki maqolani hozirgacha uchratilmagan. (2007-yilda “Adolat” nashriyotida chop etilgan M.Abdusalomov muallifligidagi “Fuqarolik huquqi” darsligida tovar belgisiga bag`ishlangan bobda qonun normalari shundayligicha ko`chirib qo`yilgan va ora-yarim umumiy gaplar kiritish bilangina cheklanilgan)

2001-yil, ya`ni O`zb.R.ning “Tovar belgilari, xizmat ko`rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to`g`risida”gi qonuni (bundan keyin “Tovar belgisi to`g`risida”gi qonun deb beriladi) qabul qilingan paytda, 38 moddadan iborat bo`lgan qonunning bironta moddasida ham “hammaga ma`lum tovar belgisi” ga oid bo`lgan norma mustahkamlanmaganedi.Shundan keyin, 2007-yil 19-sentabrdagi “Tovar belgilari, xizmat ko`rsatish belgilari vatovar kelib chiqqan joy nomlari to`g`risi”dagi O`zb.R. qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi qonuniga muvofiq, hammaga ma`lum tovar belgisiga oid bo`lgan 3 ta qo`shimcha kiritildi.

Przentatsiya davomida quyidagi masalalar huquqiy muammo sifatida ko`tarildi:

  1. Hammaga ma`lum tovar belgisi va “oddiy” ro`yxatdan o`tkazilgan tovar belgisi o`rtasidagi o`zaro muvozanat;
  2. Tovar belgisini ro`yxatdan o`tkazish uchun berilgan talabnomani ekspertiza qilishdagikamchiliklar;
  3. Hammaga ma`lum tovar belgisiga berilgan huquqiy muhofaza bilan bog`liq noaniqlik;
  4. Qonun moddasini qo`llashdagi noaniqlik;
  5. Hammaga ma`lum tovar belgisiga berilgan huquqning amal qilish muddati bilan bog`liq kamchilik va hokazo.

Munozara paytida esa quyidagicha savollar o`rtaga tashlandi:

  1. Ingliz tilida `trademark` deb nomlanadigan terminning tilimizda `hammaga malum Tovar belgisi` deya juda ham uzun tarjima qilinishi va biroz noaniqliklar tug`dirishiga qanday qaraysiz? Undan ko`ra, `tanilgan belgi` yoki `taniqli Tovar belgisi` deya tarjima qilish muvofiqroq emasmi?
  2. Appelyatsiya kengashi haqida nima deysiz? Bunday kvazi-judicial organning ishlashi to`g`rimi? Yaponiya yaqinda Antimonopoliya Qo`mitasining shunday funksiyasiga chek qo`ydi, bunga fikringiz?
  3. Yurtimida bir Tovar belgisini ro`yhatdan o`tkazishga qancha mablag` sarf qilinadi?
  4. Nega biznig yurtimizda Amerika yoki Kanada kabi Tovar belgisiga hujjat topshirilayotganda uning haqiqatan ham ishlatilayotganligi haqida deklaratsiya talab qilinmaydi?
  5. Patent mutaxassisi kim?
  6. O`zbekistonda patent huquqi sohasidagi yurustlar uchun ish bozorining holati qanday?
  7. Agar murojaat qilinayotgan mahsulot uzbekiston hududida uncha bilinmagan bolsachi?
  8. Ikki Tovar belgisining oxshashlik masalasi qanday hal etiladi? Qonunchilikda etarli ravishda standardlar ishlab chiqilganmi? Bu bo`yicha sud presedentlari mavjudmi?
  9. O`xshash masala bolgan, internet domeini ni ham korasizmi?
  10. Shu paytgacha chiqarilgan sud qarorlarini tahlil qilsak, royhatdan otish prinsipi bilan oldindan ishlatish prinsipi ortasida uygunlik va yaqinlashish yuz bergani yuqmi?
  11. CFC ishi: nega Patent Idorasi CFCga Tovar nomini berayotganida dunyodagi amaliyotga va haqiqatga qaramayapti?
  12. Hammaga ma`lum Tovar belgilarini ro`yhatdan o`tkazish, ularni huquqiy himoyasi bo`yicha bizda etarlicha huquqiy normalar ishlab chiqilganmi?
  13. Hammaga malum Tovar belgilarini tekshirish bo`yicha ekspertiza otkazishda qanday muammolar mavjud?
  14. Nima uchun rivojlanayotgan davlatlar hammaga malum Tovar belgilarini biroz ozgartirgan holda oz ichki fuqarolariga ruxsatdan otkazmoqda?
  15. Huquq sohasida nima oldinda yuradi: nazariyami yoki amaliyotmi?

Qo`shimcha adabiyotlar

1. uz045ru

2. istoriya_

3. uz-2

4. VIPO_TZ

5. Bul 8_2011

Leave a comment